Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat hokimining o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Bahrom Yusupov tayinlandi.

Bahrom Yusupov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Yaponiyadagi Siyosiy fanlar milliy instituti va AQSHdagi Oklaxoma universitetlarida tahsil olgan.

Tayinlovga qadar u «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ korporativ boshqaruv xizmati boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

U 2012−2016 yillar davomida Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ham ishlagan.