O‘zbekiston va Afg‘oniston kelishuviga asosan yillik 2 mlrd 200 mln kilovatt soat elektr energiyasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, mazkur kelishuv doirasida yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ichki bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlash maqsadida, qo‘shni davlatlar energotizimlaridan ham qo‘shimcha import qilinib, Afg‘onistonga uning bir qismi eksport qilinmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energotizimi Afg‘oniston energotizimi bilan faqatgina O‘zbekiston orqali bog‘langan, ya’ni yagona energotizim mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqatgina O‘zbekiston orqali eksport qilinishi mumkinligi alohida ta’kidlab o‘tildi.