AQSHda federal hukumat qaroriga ko‘ra 1953 yildan beri ilk bor ayol kishi qatl etildi deya xabar berdi New York Times. Mahkum Liza Montgomeri 2004 yil 16 dekabr kuni homilador ayolni vahshiylarcha o‘ldirganlikda va tug‘ilmagan go‘dakni olib qochishda aybdor deb topilgan.

U o‘z aybini tan olgan va 2007 yilda sud unga nisbatan o‘lim jazosi tayinlagan. Advokatlar unda turli gallyutsinatsiyalar va «yolg‘on homiladorlik sindromi» bo‘lganligini aytishgan. Dastlab, hukm 2020 yil 8 dekabrda amalga oshirilishi kerak edi, ammo u 2021 yil 12 yanvarga qoldirilgan edi.

Jazo ijrosi Indiana shtatining Terra-Xot qamoqxonasida, tanaga o‘lim in’eksiyasini yuborish orqali amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning iyul oyida AQSHda so‘nggi 17 yil ichida ilk bor federal darajadagi jinoyatda ayblangan mahkumning qatl etilgani haqida xabar bergan edik.