Kripto-valyutalarni statistik tadqiq qilish bilan shug‘ullanadigan Chainalysis kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, mavjud bo‘lgan bitkoinlar egalarining taxminan 20 foizi o‘z hamyonlariga kirisholmayapti. Hozirgi kurs bo‘yicha bu taxminan 140 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

San-Fransiskolik dasturchi Stefan Tomas ham o‘z hamyoniga qo‘yilgan kalit so‘zni unutib qo‘ydi. Uning hisobida 7 ming bitkoin yoki 240 mln dollar turibdi. 2011 yilda Tomas «Bitkoin nima?» animatsion videosini yaratgan. Bu videodan zavq olgan tomoshabin unga minnatdorchilik sifatida 7002 bitkoin sovg‘a qildi.

Hozirda Tomasda o‘ntadan ikkita urinish qolgan. Parol topilmasa bitkoinlari yo‘qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshgan edi. Uch yil oldin, ya’ni 2017 yil dekabr oyida kripto valyuta ushbu belgiga yaqinlashgan edi, ammo bu ko‘rsatkichdan o‘tolmay qulab tushgan.

Joriy yilning 8 yanvar kuni bitkoin narxi 40 ming dollardan oshdi.