Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan yig‘ilishda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etish taklif etildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari barcha darajadagi davlat va jamoat tashkilotlarida salohiyatli, bilimli, malakali ayollarni rahbarlik vazifasiga tayinlash bo‘yicha kvotalash tartibini kiritish taklifi ham ta’kidlab o‘tildi.


Eslatib o‘tamiz, 29 dekabrda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida Respublika jamoat xotin-qizlar kengashini tuzishn tashabbusi bilan chiqqan edi. Kengashga senat raisi Tanzila Narbayeva raislik qilishi taklif etilgan.