9 yanvar kuni Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining «Anjirzor» ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida nosozlik yuzaga kelgan edi.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni daqiqalarda ta’mirlash va sozlash ishlari yakuniga yetkazilgan.

Xabarga ko‘ra, «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvuriga suv ochish ishlari amalga oshirilmoqda. Hudud aholisiga ichimlik suvi 12 yanvar kuni tushdan keyin me’yorida yetkazib berilishi ma’lum qilindi.