Tashkent City markaziy direksiyasining 11 yanvar kuni chiqargan buyrug‘iga asosan, park hududiga pullik kirish tartibi 31 martga qadar uzaytirildi, deya xabar bermoqda Daryo.

Oldinroq parkga pullik kirish tartibi 10 yanvarga qadar bo‘lishi aytilgan edi.

Hujjatga ko‘ra, pullik kirishni 31 martga qadar uzaytirish bog‘ faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda infratuzilma va ob’ektlarini 2021 yil mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida joriy etilgan.