11 yanvar kuni Moskva shahrida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda hukumat a’zolaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhi tuzishga kelishildi. Ular Tog‘li Qorabog‘ni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi va birinchi navbatda ushbu hududda xavfsiz temir yo‘l va avtomobil aloqalarini o‘rnatadi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Ushbu guruhga uch mamlakatning bosh vazir o‘rinbosarlari rahbarlik qiladi.

Ishchi guruh 30 yanvargacha birinchi yig‘ilishini o‘tkazishi va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, shu jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish, hududdagi iqtisodiy va transport aloqalari qayta tiklanishi kabi tadbirlar ro‘yxati shakllantirilishi kerak. Ushbu sohalar bo‘yicha ekspertlardan iborat bo‘lgan ishchi guruhga kirgan har uch tomonning rasmiylari bir oy ichida zarur resurslarni tasdiqlash va ularni amalga oshirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxatini taqdim etadi.

Guruh 1 martga qadar Ozarbayjon va Armaniston orqali xavfsiz yuk tashishni ta’minlaydigan transport infrastruktura ob’ektlarini qayta tiklash va yangi binolar qurishni o‘z ichiga olgan aniq taqvimni tasdiqlash uchun taqdim etishi lozim.