Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi Nur Otan partiyasi 71,09% ovoz bilan mamlakatda 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozondi, deya xabar bermoqda Kazinform Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga asoslanib.

Qozog‘iston Demokratik «Ak jol» partiyasi uchun 10,95%, Qozog‘iston Xalq partiyasi uchun 9,10% ovoz berildi. Shunday qilib, uchta yetakchi partiya parlamentga o‘tadi.

«Auыl» Xalq demokratik partiyasi uchun 5,29%, ADAL partiyasi uchun 3,57% ovoz berilgan.

Parlament saylovlarida qatnashuvchilar 63,3 foizni tashkil etdi.

Avvalroq dushanba kuni Qozog‘iston Xalq assambleyasi sessiyasi ishtirokchilari mamlakatda yashovchi turli etnik guruhlar vakili bo‘lgan yana to‘qqiz nafar deputatni saylashdi.

Majlisda 107 deputat mavjud bo‘lib, ularning 98 nafari yashirin ovoz berish orqali umumiy saylov huquqi asosida partiya ro‘yxatlari bilan saylanadi. Majlisga kirish uchun partiyalar 7% to‘siqni yengib o‘tishlari kerak.

Yana to‘qqiz nafar deputat sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi va mamlakatda yashovchi barcha etnik guruhlar manfaatlarini himoya qiluvchi maslahat organi Qozog‘iston xalqi assambleyasi tomonida saylanadi. Majlisning deputatlar vakolat muddati besh yil.