2020 yilning dekabr oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,6 foizga qimmatlashdi. 2019 yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 1,7 foizni tashkil qilgan. 2020 yil davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar 11,1 foizga o‘sdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 15,2 foizni tashkil etgan edi, deya xabar berdi Statistika qo‘mitasi.


2020 yilning dekabr oyida, foizda
2019 yilning dekabr oyida, foizda
Umumiy hisobda (2020 yil), foizda
Umumiy hisobda (2019 yil), foizda
Oziq-ovqat mahsulotlar
2,4
3,3
15,3
18,6
Nooziq-ovqat mahsulotlar
0,9
0,5
8,8
10,9
Xizmatlar
0,9
0,3
7,1
15,2

Oziq-ovqat mahsulotlar

2020 yilning dekabr oyida kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlaridan boshqalarga nisbatan meva-sabzavot mahsulotlari (7,3%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashdi. Tuxum narxlari oy davomida 3,5 foiz, yog‘-moy mahsulotlari 2,2 foiz, sut mahsulotlari 1,6 foiz, shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 1,4 foiz, go‘sht, parranda go‘shti va baliq 1,2 foizga ko‘tarildi. Umumiy ovqatlanish muassasalaridagi narxlar oy davomida 1,4 foiz, spirtli ichimliklar 1,1 foiz, alkogolsiz ichimliklar 0,4 foizga qimmatlashdi.

2019 yilning oxiriga nisbatan tuxum (37,6%), yog‘ va moylar (27,0%), go‘sht, parranda go‘shti va baliq (18,1%), shuningdek, non mahsulotlari (15,2%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashganini ta’kidlamoqda Statistika qo‘mitasi.

Nooziq-ovqat mahsulotlar

2020 yilning dekabr oyida kuzatuvdagi nooziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlari orasida narxlarning oy davomidagi o‘sishi bo‘yicha yetakchilik zargarlik buyumlari va avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlariga tegishli bo‘lib, narxlar o‘rtacha 2,5 foizga oshgan.

2019 yilning dekabrida nooziq-ovqat mahsulotlardan salmoq vazn jihatidan narxlarning oy davomidagi o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni zargarlik buyumlari (1,0%), shuningdek, kiyim-kechak va oyoq kiyim narxlari (0,7%) band etgan.

Xizmatlar

2020 yilning dekabr oyida tariflarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlar maishiy (2,0%) va tibbiy xizmatlar (1,9%) narxlariga tegishli bo‘ldi.

2019 yilning dekabr oyida pullik xizmatlar tariflarining oy davomida o‘rtacha 0,3% ga o‘sishida maishiy (1,0%) va tibbiy (0,5%) xizmatlar narxlari yetakchilik qilgan.

Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tdi. Inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Foto: Markaziy Bank

2020 yilda inflyatsiya darajasi uchun 12, 5 foizli target o‘rnatilgan edi. Tepadagi rasmda ko‘rinib turganidek, o‘tgan yil uchun inflyatsiya darajasi 11−11,5 foiz prognoz qilingan.