Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 12 yanvardan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 23,76 so‘mga qimmatladi, 10 473,20 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 34,26 so‘mga ko‘tarildi va 12 796,16 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,84 so‘mga qimmatladi va 141,29 so‘mga teng bo‘ldi.

O‘tgan hafta dollar kursi 27 oktyabrdan buyon ilk bor arzonlab, jami 10 449 so‘m so‘mni tashkil qilgandi.