10 yanvar kuni soat 17:15 lar atrofida Jizzax shahar Zilol mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushdi. Bu haqda Jizzax viloyat FVB axborot xizmati xabar qildi.

Foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turar-joy, pastki 2 qavati noturar-joy do‘kon sifatida qurilayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.