Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzod Habibullayev AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda 2021-yilda sohada amalga oshirilishi kutilayotgan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Gidrometeorologiya xizmatining asosiy foydalanuvchisi davlat tashkilotlari, yirik klaster hamda fermerlar va albatta investorlardan iboratligi aytildi.

“2021-yilda gidrometeorologiya xizmati sifatini oshirishga asosiy e’tibor qaratilsa, 2022-yilda davlat mablag‘larini 30 foizga kamaytirish rejalashtirilgan. 2021-yilda ma’lumotlarni sotib olish jarayoniga o‘tish rejalashtirilmoqda. Ya’ni, davlat xizmatlaridan tashqari xususiy sektorni shakllantirish nazarda tutilmoqda”, — dedi direktor.

U shuningdek, O‘zMuda Rossiya Gidrometeorologiya universitetining shu yo‘nalishdagi fakulteti ochilishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, yangi geoportal tizimi test rejimida ishga tushirilayotgani, uning yordamida kartada xavfli zona va hududlar kiritilishi hamda ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.