Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov AOKAda o‘tkazilayotgan brifing da 2020-yilda turizm sohasida qayd etilgan natijalar tahlili va 2021-yildagi ustuvor vazifalar haqida axborot berdi.

“Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi. 2020-yilda jami 1 mln 504 ming xorijiy turist tashrif buyurdi. Bunda 261 mln AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini ta’minlagan edik”, — dedi Abduhakimov.

U shuningdek, 2021-yil uchun aniq rejalash ishlab chiqilgani, joiz bo‘lsa, reysma-reys yo‘nalish bo‘yicha xisob kitoblar amalga oshirilishini qo‘shimcha qildi.

“2021-yilda O‘zbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta’minlash bo‘yicha aniq reja qilingan. Buning evaziga turizm xizmatlari eksporti 370 mln dollarga yetkaziladi”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

2020-yilda 1 mln 800 ming mahalliy turistlar sayyohligi tashkil etilgani aytildi. “Kelgusi yil buni keskin ko‘paytirib, 7,5 mln fuqarolarni sayyohlikka jalb etmoqchimiz”, — dedi Aziz Abduhakimov.