Islomobod shahrida yuzlab shifokorlar va talabalar ikki kun davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston universitetlari diplomlarini tan olishni talab qilib namoyishlar uyushtirishdi, deya xabar berdi Radio Mashaal.

Bunga sabab Pokiston tibbiy komissiyasining 21 ta qirg‘iz va o‘zbek OTMlarining talabga javob bermaydi deb topgani va ushbu o‘quv dargohlarining diplomlarini qabul qilmaslikka karor qilgani bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatga 6 ta o‘zbek OTMlari kiritilgan.


7 yanvar kuni ikki mingga yaqin tibbiy OTMlarni tugatgan talabalar Pokiston tibbiy komissiyasi oldida yig‘ilishdi.

Bir kun oldin politsiya namoyishchilarni suv purkagichlar va dubinkalar yordamida tarqatib yuborgan edi. Bunga javoban namoyishchilar ularni toshlar otishgan. Politsiya alohida insonlarni qo‘lga olgan va keyinchalik qo‘yib yuborgan.