AQSHning Jorjiya shtatida demokratlar Jon Ossoff va Rafael Uornok Senatga saylovning ikkinchi bosqichida respublikachilardan ustun kelishmoqda, deb xabar bermoqda The Washington Post. Yakuniy natijalar 8 yanvarda e’lon qilinadi.

Ushbu g‘alaba natijasida, Senatda respublikachi va demokratlar partiyasidan 50 nafardan vakil bo‘ldi. Endilikda, AQSH senatida ovoz berish jarayonida ovozlar teng bo‘linsa (50/50), vitse-prezident ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.

AQSHning yangi vitse-prezidenti Kamala Harris demokrat ekanligini hisobga olib, Senat demokratlar nazoratiga o‘tganligini tushunish mumkin.

Bundan tashqari, noyabr oyidagi saylovlarda Kongress vakillar palatasida ham nazorat demokratlar qo‘liga o‘tgan edi.

Shunday qilib, Kongressdagi to‘liq nazorat va prezidentlik lavozimi demokratlar qo‘lida to‘plandi.

Bu holat oxirgi marotaba 2009−2011 yillarda Barak Obama prezidentligi davrida kuzatilgan edi.