Koronavirusning tez tarqalishi sababli Yaponiya hukumati tomonidan Tokio, Kanagava, Saytama va Chiba prefekturalarini o‘z ichiga olgan 37,2 million aholiga ega Katta Tokioda 8 yanvardan 7 fevralgacha favqulodda vaziyat e’lon qilindi.

Rasmiylar mahalliy aholidan uylarni ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda tark etmasliklarini so‘ramoqda.

Noyabr oyining boshidan Yaponiyada vaziyat yomonlasha boshladi. Dekabrda koronavirus yuqtirganlar hamda o‘lim sonining kunlik ortishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam yangilanib turdi.

6 yanvar kuni kasallanish ko‘rsatkichlarida yana o‘sish kuzatildi va 6 ming holat aniqlandi.

Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda virus yuqtirganlar soni 260 mingdan oshdi, 3,8 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etildi.