7 yanvar kuni Senat va AQSH Kongressi Vakillar Palatasi qo‘shma yig‘ilishida Jo Bayden rasman Amerikaning 46 prezidenti etib saylanishi ma’qullandi, deya xabar bermoqda CNN.

Jo Bayden saylovchilarning minimal 207 ovozidan ko‘proqni, ya’ni 306 ovozni qo‘lga kiritdi. Amaldagi prezident Donald Tramp esa rasman 232 ovozga ega chiqdi. Bayden inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Donald Trapm Jo Baydenning g‘alabasi rasman tasdiqlanganidan so‘ng, hokimiyatni «batartib» holda topshirishni va’da berdi.

«Men saylov natijalariga mutlaqo rozi bo‘lmasam-da va faktlar buni tasdiqlashga xizmat qilsa-da, shunga qaramasdan, 20 yanvar kuni vakolatlar batartib topshiriladi», — deya Trapm bayonotidagi so‘zlarni keltirmoqda CNN.

AQSH Kongressi Jo Baydenning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tasdiqlash uchun Kapitoliyda yig‘ilganida Tramp tarafdorlari binoga bostirib kirdi. Kongressmenlar evakuatsiya qilindi. Otishma sodir bo‘lib, bir necha namoyishchilar jarohatlandi, ulardan to‘rt nafari vafot etdi, shuningdek bir necha politsiya xodimi jarohatlandi.