6 yanvar kuni soat 08:10larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar «Otchopar» MFYda joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga keldi. Bu xaqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Gaz chaqnashi oqibatda binoning devorlari qulagan. Ushbu portlash oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan va ularning jasadi vayron bo‘lgan uy ichidan olib chiqilgan.


Ma’lum bo‘lishicha, vayronalar ostidan olib chiqilgan ikkin nafar fuqarolarning biri xonadon egasining o‘g‘li (2005 yilda tug‘ilgan) ikkinchisi jiyani (2007 yilda tug‘ilgan) ekanligi ma’lum bo‘ldi. Boshqa jabrlangan oila vakillari yo‘q (Oila to‘liq ko‘chib kelmagan).



Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.