Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida Toshkent shahar xokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxda belgilanmgan joyda qurilayotgan ko‘p kavatli uylarning turli avariya holatlariga oli kelayotganini ma’lum qildi.

«Keyingi paytlarda ayrim fuqarolarimiz tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari ko‘payib ketdi. Hususan Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasida ko‘p qavatli kvartirali uylar qurish holatlari ortib bormoqda», — dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

«Buning oqibatida qurilgan ko‘p qavatli kvartiralar uylaridagi muhandislik-kommunikatsiyalar tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ayrimlari quvvati yetmay, ayrimlarida turli xil avariya holatlarini keltirib chiqarmoqda», — deya ta’kidladi u.

2020 yil xatlov o‘tkazilganda, yuzdan ortiq yangi tartibdagi uy joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida uch va uchdan ortiq qavatli uy-joylar qurilgan. Ushbu holatlar shu uylar atrofidagi aholining noroziligini va kommunal muammolarini ortishiga olib kelayotganligini ta’kidladi poytaxt hokimi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda Shaharsozlik kodeksida aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlashdan oldin jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi belgilanayotgani ta’kidlandi. Endilikda tasdiqlangan aholi punktining bosh rejalari muhokamasidagi asosiy takliflar inobatga olinadi. Bu esa, bosh rejasi tasdiqlangan hudud aholisini kelgusida ushbu hududda qanday ob’ektlar qurilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olishga ko‘maklashishi kutilmoqda.