TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarosining o‘ninchi qavatdan qulashi oqibatida vafot etganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Shu o‘rinda, TIV «Gazeta.uz»ga qiz 18 yoshda bo‘lganligini ma’lum qildi.

Oldinroq, Turkiyaning Haberler nashri qiz 28 yoshda bo‘lganligi va u o‘z joniga qasd qilganligini yozgan edi.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 yanvar kuni Istanbul shahrida 1974 yil 11 iyunda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Sh. R yurak yetishmovchiligidan vafot etganligi ham ma’lum qilindi.

Vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekistonga dafn etish uchun yuborishni tashkil qilishda marhumlarning yaqinlariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatildi, deyiladi xabarda.