Xorazmda 4 kishidan iborat oila is gazidan zaxarlandi, oqibatda ona va bola vafot etdi, bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot bo‘limi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 4 yanvar kuni soat 19:30da Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi tez tibbiy yordam bo‘limiga Bog‘ot shaharchasi «Hurriyat» mahallasida yashaydigan E.J. (1989 yilda tug‘ilgan), uning turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi olib kelingan. Ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

E. J.ning turmush o‘rtog‘i P.D. (1989 yilda tug‘ilgan) va qizi B.Ch. (2011 yilda tug‘ilgan)da biologik o‘lim aniqlangan.

E. J. va uning o‘g‘li B.B. (2013 yilda tug‘ilgan)da is gazidan o‘tkir zaxarlanish oqibatida miya shishi koma holati aniqlanib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, favqulodda holat sodir bo‘lishidan ikki kun oldin oila xonadonida issiqlik qozoni yangi o‘rnatilgan bo‘lgan.

Oldinroq, «Gazeta.uz» is gazidan zaxarlanmaslik uchun nima qilish kerakligi to‘g‘risida maqola e’lon qilgan edi.