2020 yil 29−31 dekabr kunlari Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaxarlanish tashxisi bilan yotqizilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, zaxarlanish «Gradusnik» nomli Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan ichimlikni ichish oqibatida sodir bo‘lgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qarmasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqurg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.