Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini qonunchilikka implementatsiya qilishni davom ettirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yo‘l xaritasiga muvofiq:

Xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratilgan qarzlar va moliyaviy yordamlar sarfining oshkoraligini ta’minlash uchun ochiq ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilish jarayonini tezlashtiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida ishga qabul qilish hamda ularning kasbga oid fazilatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat pog‘onalarida ko‘tarilishining shaffof mexanizmlarini joriy etiladi.

Bundan tashqari, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan davlat organlari va sohalarida korrupsiya xavf-xatarlarini baholash bo‘yicha namunaviy uslubiyot ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.

Shuningdek, korrupsiya haqida anonim yo‘llash va ularni ko‘rib chiqish bo‘yicha hujjat loyihasini tayyorlash, axborot beruvchilarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish o‘rin olgan.