Ortimizda qolayotgan 2020 yil tom ma’noda qiyinchliklar, yo‘qotishlar davri bo‘ldi. Ayniqsa koronavirus infeksiyasi ko‘plab yurtdoshlarimizni kutilmaganda oramizda olib ketdi. Ziyouz.uz portali 2020 yilda olamdan o‘tgan akademiklar, professorlar, diniy arboblar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, san’atkorlar va hokimlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Quyida ana shu ro‘yxatni e’tiboringizga havola etamiz.

Xalq shoiri Shukrullo (1921−2020)

Iste’dodli shoir, dramaturg va nosir Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do‘stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan. U O‘zbekiston xalq shoiri (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori.

Adabiyotshunos Asil Rashidov (1930−2020)

O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 1930 yili Jizzax tumanining Sovungarlik qishlog‘ida tug‘ilgan. U «O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi» faxriy unvonlari, O‘zbekiston Davlat mukofoti hamda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Akademik Jo‘ra Abdullayev (1927−2020)

Abdullayev Jo‘ra Abdullayevich (1927 yil 21 fevral, Toshkent — 2020 yil 18 aprel) — energetik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), texnika fanlari doktori (1973), professor (1982). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980).

Xalq shoiri Oxunjon Hakimov (1934−2020)

Oxunjon Hakimov 1934 yilning 20 fevralida Farg‘onaning Log‘on qishlog‘ida dunyoga kelgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1998). 2006 yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.

Akademik Bekjon Toshmuhamedov (1935−2020)

Biofizika fanining O‘zbekistondagi asoschilaridan biri, biolog-biofizik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1987), biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973) Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov 1935 yil 27 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. U atoqli yozuvchi Oybekning o‘g‘li.

Akademik To‘ra Mirzayev (1936−2020)

To‘ra Mirzayev (1936.06.03, Shofirkon tumani — 2020.29.09, Toshkent) — Folklorshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1988), professor (1991). Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni, «Fidokorona xizmatlari uchun» va «Do‘stlik» ordenlariga sazovor bo‘lgan.

Munaqqid Saydi Umirov (1938−2020)

Adabiyotshunos olim, munaqqid, O‘zbekiston yozuvchilar, jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Oltin qalam» mukofoti sovrindori Saydi Umirov 1938 yil 10 fevralda Samarqand viloyati Payariq tumani Jo‘raboy qishlog‘ida tug‘ilgan.

Xalq shoiri To‘lan Nizom (1939−2020)

To‘lan Nizom (taxallusi; asl ism-sharifi Nizomiddinov To‘lanboy) 1939 yil 17 avgustda Andijon viloyati, Bo‘z tumanining Beshgul qishlog‘ida tug‘ilgan. U O‘zbekiston xalq shoiri (1998), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. Xalqaro Cho‘lpon va Bobur mukofotlari laureati. «Mehnat shuhrati» (2003) va «El-yurt hurmati» (2008) ordenlari bilan taqdirlangan.

Yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov (1939−2020)

Ibrohimov Abduqahhor Abdusamatovich (1939.16.8, Toshkent — 2020.20.6, Toshkent) — yozuvchi, dramaturg, publitsist, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1990). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Yozuvchi Mamadali Mahmudov (1940−2020)

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Evril Turon — Mamadali Mahmudov 1940 yil 12 dekabr kuni Jizzax viloyatining Forish tumani Bog‘don qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limini bitirgan.

Professor Ubaydulla Uvatov (1940−2020)

Ubaydulla Uvatov 1940 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Professor Ubaydulla Uvatov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni (2017) hamda «Mehnat shuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uchun» (2020) ordenlari bilan taqdirlangan.

Xalq shoiri Omon Matjon (1943−2020)

Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani — 2020.29.10, Toshkent) — O‘zbekiston xalq shoiri (1993). Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Tarjimon Amir Fayzulla (1945−2020)

Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi — hindshunos.

Xalq shoiri Anvar Obidjon (1947−2020)

Anvar Obidjon (Obidjonov) (1947.8.1, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlog‘i — 2020.11.04) — O‘zbekiston xalq shoiri (1998). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1997).

Shoir Azim Suyun (1948−2020)

Azim Suyun (taxallusi; asl ismi Suyunov Azim Alimovich) 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997). Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994−99). Xalqaro Cho‘lpon mukofotining sovrindori.

Professor Muhammadjon Xolbekov (1950−2020)

Muhammadjon Xolbekov 1950 yilda Samarqandda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetini tamomlagan. Samarqand davlat pedagogika institutida, Samarqand davlat universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani, filologiya yo‘nalishi bo‘yicha himoya kengashi a’zosi bo‘lib ishlagan. 1982 yilda nomzodlik, 1989 yilda doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan.

Shoir Sa’dulla Hakim (1951−2020)

Sa’dulla Hakim 1951 yil 25 martda Jizzax viloyati Forish tumanidagi so‘lim Garasha qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2002). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1977).

Shayx Alouddin Mansur (1952−2020)

Shayx Alouddin Mansur, taniqli o‘zbek ulamolaridan. 1952 yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatining Qorasuv shahrida tug‘ilgan. Olim Qur’oni karim ma’nolarining o‘zbekcha izohli tarjimasini tayyorlashdek ulkan vazifani sharaf bilan ado etgan.

Shuningdek, 2020 yili

akademiklar — O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Sattor Tursunmuhamedov (1929−2020), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Muxtor Saidov (1930−2020), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Muhabbat Abidova (1931−2020), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Mirhoji Asqarov (1931−2020), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ibrohimjon Iskandarov (1932−2020), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Jumanazar Bozorboyev (1933−2020), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Tursunboy Rashidov (1934−2020), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ra’no Ubaydullayeva (1936−2020), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Telman Rajabov (1959−2020), O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi akademigi Shavkat Akmalxonov (1933−2020);

professorlar — tarix fanlari doktori, professor G‘ulomqodir Rashidov (1926−2020), tarix fanlari doktori, professor, arxeolog olim Mavlon Jo‘raqulov, iqtisod fanlari doktori, professor Ahmad O‘lmasov (1932−2020), falsafa fanlari doktori, professor Mahmudjon Nurmatov (1935−2020), fizika-matematika fanlari doktori, professor G‘anijon Ikromov (1936−2020), texnika fanlari doktori, professor Abdumutalib Xojiyev (1936−2020), kimyo fanlari doktori, professor Sobirjon Aminov (1938−2020), iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustam Shodiyev (1938−2020), filologiya fanlari doktori, professor Sanjar Sodiqov (1940−2020), taniqli genetik olim, professor Miradham Abzalov (1941−2020), texnika fanlari doktori, professor Habibulla Turanov (1942−2020), fizika-matematika fanlari doktori, yadro fizikasi olimi Rahim Yarmuhamedov (1943−2020), tibbiyot fanlari doktori, professor Nazira Salohova (1943−2020), genetika sohasida fan doktori Safiya Rizayeva (1944−2020), sotsiologiya fanlari doktori, professor Ma’rifat G‘aniyeva (1947−2020), iqtisod fanlari doktori, professor Mirsobit Ochilov (1948−2020), optika sohasida taniqli olim, professor Saidislom Qurbonov (1956−2020), fizika-matematika fanlari doktori, yadro ftztkasida yetuk olim Zokirjon Kanonov (1956−2020), texnika fanlari doktori, professor Nusrat Murodov (1968−2020);

shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Habibulla Abdualiyev (1932−2020), arxeologiya sohasidagi atoqli olim, O‘zbekiston Qahramoni G‘ayratdin Xojaniyazov (1948−2020), Inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov (1951−2020), qishloq xo‘jaligi sohasida taniqli olim Muhiddin Usmonov (1958−2020), taniqli turkolog Andrey Kubatin (1984−2020);

shoir va yozuvchilar — Mahmudjon Nurmatov (1935−2020), Poyon Ravshanov (1941−2020), Sharap Usnatdinov (1942−2020), Mansurxo‘ja Xo‘jayev (1942−2020), Umirboy Yembergenov (1942−2020), G‘ozi Rahmon (1947−2020), Ahmet Aqnazarov (1948−2020), Rustam G‘ani(1952−2020), Saydazim Ravshanov (1955−2020), Nazira O‘roqova (1969−2020), Bolta Yoriyev, Abdug‘ani Sulaymon, Jabbor Xalil, Qo‘ziboy Abdujalilov, Abdulla Safoyev;

jurnalistlar — Sotvoldi Rajabov (1946−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ikrom O‘tbosarov (1948−2020), Rustam G‘ani (1952−2020), Akrom Toshxo‘jayev (1954−2020), Qurbon Eshmat (1958−2020), Muhammadnozim Mavlonov (1964−2020), Dilshod Isroilov;

san’at arboblari — O‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod baxshi Mahmanov (1932−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova (1937−2020), O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova (1947−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova (1948−2020), O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova (1950−2020), taniqli ssenarist Mahmud To‘ychiyev (1951−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev (1954−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov (1956−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev (1956−2020), O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev (1957−2020), kinorejissyor Nozim Abbosov (1962−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov (1963−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov (1963−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov (1966−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov (1969−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev;

madaniyat arboblari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘xtamurod Zufarov (1936−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Arsen Ismoilov (1937−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Avazbek Mahmudov (1952−2020), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zubaydulla Botirov (1963−2020);

diniy arboblar — Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov (1947−2020), Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov (1976−2020), Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev, shuningdek taniqli ulamo-ustozlar Abdussalom domla, Olimxon domla, Dovudxon domla, Ahmadxo‘ja qori Shamsiyev, Muhammadali domla Yozyovoniy, yurtimizning yetuk qorilaridan Zayniddin qori;

davlat arboblari — Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari Musa Yerniyazov (1947−2020), O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev (1964−2020), Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov (1965−2020), Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov (1937−2020);

hokimlar — Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov (1954−2020), Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov (1964−2020), Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Bahodirbek Mullaxonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev (1983−2020), Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Baxramov (1960−2020), Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi Musaxon Mamadaliyev (1971−2020), Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev (1966−2020), Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi.