Bu haqda “O‘zsuvta'minot” AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil yakuni bo‘yicha respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 70,8 foizdan 73,0 foizga yetkazildi.

Bundan tashqari, “O‘zsuvta'minot” tizimida ichimlik suvi bilan bog‘liq avariyalar 12 foizga kamayganligi ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda jami 140,4 mingta avariya va nosozlik bartaraf etildi. Avariya holatlari 2019-yilga nisbatan 16,8 mingtaga yoki 12 foizga kamaygan.

Hududlarda avariya va joriy ta’mirlash ishlarini tezkor bartaraf etish uchun tushgan mablag‘larning 10 foizini shahar va tumanlar ixtiyorida qoldirish tizimi yo‘lga qo‘yildi, deyiladi xabarda.