FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari:

  • 40,19 gradus shimoliy kenglik;
  • 71,66 gradus sharqiy uzunlik.
  • Magnituda M=5,2.
  • Chuqurlik 10 km.

Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 238 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent : 238 km, 3 ball.
  • Namangan : 90 km, 4 ball.
  • Andijon : 88 km, 4 ball.
  • Farg‘ona : 24 km, 5−6 ball.
  • Guliston : 246 km, 2 ball.
  • Jizzax : 325 km, 2 ball.
  • Samarqand : 405 km, 2 ball.