Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.

«Toshkent-Angren» temir yo‘li ustidan qad rostlagan ushbu estakada Toshkentdagi ikkita yirik ko‘cha — Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Xalqa yo‘lini bog‘laydi. Ushbu ko‘prikning uzunligi 772 metr bo‘lib, estakada qismi 445, eni esa 28 metrni tashkil qiladi. Ushbu ko‘prik soatiga 12 mingtagacha avtotransport vositalarini uzluksiz o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Toshkent shahrining Cho‘ponota ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishmasida quriladigan ko‘prik loyihasi bilan tanishgan edi. Kelgusida yangi yo‘l barpo etilib, Qipchoq ko‘chasidagi mazkur ko‘prikka tutashadi.

Ma’lumot uchun, prezident qarori loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida 6 ta yangi ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati