Bu haqda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Xalqaro press-klubning “Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba” mavzuida navbatdagi sessiyasida davomida ma’lum qildi.

“JSST va uning Yevropa hududiy byurosiga murojaat qilganmiz. Prezidentimiz farmoyishga asosan mablag‘ ajratib bergan. Biz IVL, PSR apparatlari va dori sotib olishimiz kerak. Ming afsus, o‘sha paytda JSSTda ham isbotlangan hech qanday usul yo‘q edi. Shundan kelib chiqib, qaysi dori birinchi paydo bo‘lgan bo‘lsa, AQSh prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti buni sotib olish masalasi boshlandi. Dunyoda samara beradigan dori ilmiy asosi yo‘q edi. Orqasidan favipiravir, nafaqat sotib olib, zaxira yaratildi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi. Orqasidan remdisivir, eng qimmatbaho dori. Og‘ir reanimatsiyadagi bemorlarni shu orqali saqlab qoldik”, — dedi sobiq vazir.

17-dekabr kuni “Gazeta.uz” Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dori-Darmon” kompaniyasidan umumiy qiymati 15,3 mlrd so‘mga teng bo‘lgan dori vositalarini sotib olgani haqida xabar qilgan edi. Uning ichiga 4 mlrd so‘m qiymatdagi 500 ming to‘plam gidroksixlorin ham kiradi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida JSST remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir/ritonavir va interferon kabi dori vositalari COVID-19`ni davolashda foydasi kam yoki umuman samarasiz deb topgan edi.