Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot анжуmанида poytaxtda ommaviy ravishda ko‘p qavatli yangi uylar qurilayotganiga qaramasdan, ularning narxi nega pasaymayotganiga oid savolga izoh berdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri. Avvalroq shahar hokimi mahalliy deputatlarga mурожаатида 2020 yilda 125 ta 8444 ta xonadonga (595 ming kv.m) ega ko‘p qavatli uylar qurilganini ma’lum qilgan edi.

«Ko‘pchilik hamma yoq qurilish, qum va chang bo‘lib ketdi, deb norozi bo‘ldi. Agar bugungacha Toshkentda ommaviy qurilishlarni qilmaganimizda bugungi narxlar ham bo‘lmasdi. Biz ikki yarim — uch yil avval o‘tirib, yaqin orada uylarning narxi 1 kvadrat metrga 1500 dollardan [matbuot anjumanidan so‘ng ushbu summaga „Gazeta.uz“ muxbiri aniqlik kiritgan] kam bo‘lmasligini prognoz qilganmiz. Xabaringiz bo‘lsa, shaharda uylarni 2−3 ta kompaniya qurardi. Uylarni ham sotish ofislari bo‘lmas edi, qanaqadir tanish topishingiz kerak edi. Qaysidir ofislarga chiqardingiz, tortmani ochardi, „50 foizini qo‘ying, bitganda olasiz“, derdi — 3 yil oldin», — dedi hokim.

U, shuningdek, o‘tgan davr mobaynida savdo ofislari paydo bo‘lgani va xizmat sifati keskin oshgani, 3 yil ichida bo‘lib to‘lash imkoniyati ham yaratilganiga to‘xtalib o‘tdi.

«Aytmoqchimanki, qurilishni o‘z vaqtida jadallashtirganimiz uchun shu narxlar bor. Agar Toshkent shahrida qurilishni to‘xtatib qo‘ysak, narxlar keskin oshishi kuzatilardi. Ya’ni defitsit paydo bo‘lib, ham „propiska rejimi“ bekor qilingani hisobiga narxlarning keskin oshishni boshlar edi. Shuning uchun biz bugun tezda katta-katta loyihalarni qilishga majbur bo‘lmoqdamiz. Va buning oldini olish maqsadida qilishimiz kerak. Chunki uylar qimmatlashgandan keyin, ya’ni kamroq daromat topadigan fuqarolarimiz uy sotib olish darajasi kundan-kunga keskin kamayib ketadi», — deb qo‘shimcha qilgan hokim.

Jahongir Ortiqxo‘jayev yuqoridagilardan kelib chiqib, loyihalarni jadal amalga oshirish, shuningdek, zarur infratuzilmani shakllantirish zarurligini ta’kidladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2019 yilning martidan 2020 yilning martigacha bo‘lgan davrda ko‘p qavatli uy-joylarning narxlari taҳлилига ko‘ra, Toshkentda uy-joylarning 1 kv. metri o‘rtacha qiymati 639,4 dollarni tashkil etgan. Tumanlar bo‘yicha eng yuqori narx Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida — mos ravishda 699 va 694 dollarni tashkil etgan. Eng past narxlar esa Bektemir va Sergeli tumanlarida — 405 va 411 dollarni tashkil etgan.