Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Qadamjay tumani Markaziy tuman kasalxonasiga tashrif buyurdi. U Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev bilan shifoxonaning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Zamonaviy shifoxona qurilishi va jihozlanishi to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirildi va qisqa muddatlarda foydalanishga topshirildi. Shifoxona 200 o‘rinli bo‘lib, zarur tibbiy jihozlar va mebellar bilan to‘liq jihozlangan.

Alimkadir Beyshenaliyev yuqumli kasalliklar shifoxonasining qurilishi, uning jihozlanishida ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak va taqdim etilayotgan gumanitar yordam uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.