Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Nukusda o‘rnatilgan yangi yil archasi uchun minnatdorchilik bildirdi.


«Hurmatli do‘stimiz Ortiqxo‘jayevga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Biz Qoraqalpog‘istonda shunday archa o‘rnatdikki, Nukus shahrida bunday chiroyli archa hali bo‘lmagan. Hamma boryapti, yoshlarning barchasi hozir u yerda vaqtini o‘tkazmoqda. Buning uchun unga katta rahmat», — dedi u Senatning o‘ninchi yalpi majlisida.


Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Toshkent shahar hokimi prezidentga Nukus markaziy qismining istiqbolli loyihasini taqdim etgan edi. Shaharda ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish va kengaytirish, shuningdek, ko‘llar va hiyobonlar yaratish, turar-joylar qurish, IT-parklar va yana boshqa ob’ektlar qurilishi rejalashtirilmoqda.