O‘zbekiston buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning Hirotdagi maqbarasini ta’mirlashda Afg‘onistonga yordam berishni rejalashtirilmoqda. Bu xaqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

4−16 dekabr kunlari Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘appor Qirg‘izboyev rahbarligidagi delegatsiyaning Afg‘oniston Islom Respublikasiga safari amalga oshirildi.

Safar chog‘ida O‘zbekiston tomoni Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va uning atrofini obodonlashtirish bo‘yicha Afg‘onistonning mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Bundan tashqari, 2021 yil Alisher Navoiyning 580 yillik yubileyi O‘zbekistonda keng miqyosda nishonlanishi ma’lum qilindi.