O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida jome’ masjidi binosi ichida sodir bo‘lgan qotillik yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, bugun 22 dekabr kuni soat 09.30 larda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida joylashgan jome’ masjidi binosi ichida fuqaro M.Sh. (1974 y.t., ishsiz) shu masjidning kotibi Sh. G. bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanuvchi Sh. G. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga JKning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.