«Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z Instagram sahifasida klubni tark etganini e’lon qildi.

«Bugun „Paxtakor“ bosh murabbiyligidan ketdim. Endi klub bosh murabbiyi emasman, ammo doim jamoaning asosiy muxlisi bo‘lib qolaman. Men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi va bu yerda fantastik davrni o‘tkazdim. Biz buyuk jamoa bo‘ldik va buni hech qachon unutmayman», — deb yozdi u.

Shota Arveladze «Paxtakor»da uch yil faoliyat yuritdi va ikki marta O‘zbekiston chempionati va Kubogida, shuningdek, bir bor Liga Kubogida g‘olib bo‘lgan.