Toshkent shahrida yuk mashinalarining harakati cheklab qo‘yilishi mumkin.

Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida N1 kategoriyasidagi (3,5 tonnagacha bo‘lgan hajmga ega) yuk mashinalaridan yuqori bo‘lgan transport vositalirga soat 7:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha harakatlanishni cheklash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati tomonidan joylashtirilgan qaror loyihasida ko‘rsatilgan.

Ushbu loyiha 2021 yil 5 yanvargacha muhokama qilinadi.