O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining majlisida, Senat raisi Tanzila Narbayeva Xalq banki boshqaruviga ayollarning jalb etilishiga to‘xtalib o‘tdi.

«Xalq banki raisining o‘rinbosari ayol bo‘ladi. Undan tashqari har bir viloyatdagi xalq banki raisi yoki rahbari ham ayol bo‘lishi mumkin, lekin rahbarning albatta bitta o‘rinbosari ayol bo‘lib, ular aynan ayollar tadbirkorligiga, ayollarga kredit ajratish masalalari bilan shug‘ullanadi», — dedi Tazila Narbayeva.

«Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining qoshidagi fond mablag‘laridan 100 mlrd so‘m mana shu maqsadga ketadi», — deya qo‘shimcha qildi Senat raisi.

Ma’lumot uchun, 2017 yildan beri Kammuna Irisbekova «Aloqabank» boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.