Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada bundan avval Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti Jaxon Sog‘likni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, mamlakatda SARS-CoV-2 ning mutatsiyalangan turi qayd etilganligini aytdi.
Virus yuqtirgan bemor Buyuk Britaniyadan Rimga yetib kelgan.

Koronavirusning ushbu shtammi boshqa ko‘rinishlarga qaraganda tezroq tarqalmoqda, dedi Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri. Ma’lumotlarga ko‘ra, u odatdagidan 70% ko‘proq yuqumli. Shu bilan birga, koronavirusning ushbu shtammi o‘limga olib keladi yoki vaksinalarga turlicha ta’sir qiladi, deb hisoblash uchun hozircha hech qanday asos yo‘qligi aytilmoqda.

Dunyo bo‘ylab yigirmaga yaqin mamlakat, shu jumladan Yevropa Ittifoqining 14 ta davlati Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi sababli mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatishga yoki cheklashga qaror qildilar.

Hozirda Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Bolgariya, Irlandiya, Litva, Latviya, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Turkiya, Shveysariya, Kanada va Argentina mamlakatlari Britaniya bilan transport qatnovlarini to‘xtatganini e’lon qildi. Gretsiya va Kipr esa Britaniyadan kelayotganlarga qat’iy karantin joriy etmoqda.

Niderlandiya Vazirlar Mahkamasi Yevropaning boshqa a’zo davlatlari bilan «Buyuk Britaniyadan yangi virus shtammini olib kelish xavfini yanada kamaytirish imkoniyatlarini o‘rganish» ustida ishlashini aytdi.