Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan 56 nafar O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Novosibirsk shahridagi aeroportdan maxsus reys bilan qaytarilmoqda. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi odam o‘ldirishga urinish, talonchilik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlarda ayblanyotgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha murojaatlarni qondirganligini aytmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar sudining bir guruh shaxslar tomonidan giyohvand moddalarni noqonuniy sotishga uringani uchun chiqargan hukmini ijro etish uchun fuqaroni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini qondirdi.