«Senimi, shoshmay tur» va «Daydi to‘tining qaytishi» multfilmlari mualliflaridan biri, yozuvchi va dramaturg Aleksandr Kurlyandskiy 82 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi Meduza.

U shuningdek, «Yeralash» teledasturi uchun ham ssenariylar yozgan.

Kurlyandskiy 1938 yil 1 iyulda tug‘ilgan. U 1961 yilda V.V.Kuybыshev nomidagi Moskva injener-qurilish institutini tugatgan. 1964 yildan yozuvchilikdagi professional faoliyatini boshlagan. Kurlyandskiy SSSR Davlat mukofoti bilan, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist mukofoti bilan taqdirlangan.

Xabarga ko‘ra, hozirda o‘lim sababi aniq emas.