Qozog‘istonda Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarish boshlandi. Karaganda komleksi bazasida bosqichma-bosqich 2 mln dozada vaksinalar ishlab chiqariladi, deya xabar berdi Kozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati.

Mamlakat bosh vaziri Askar Maminning ma’lum qilishicha, Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan «Sputnik V» bilan ommaviy emlash 2021 yil fevralda boshlanadi.

«Avvalo, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, talabalar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar hodimlari, shuningdek surunkali kasalliklarga chalingan xavf guruhlari vakillari ixtiyoriy ravishda emlanadi», ― dedi bosh vazir.