Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 22 dekabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 10,65 so‘mga ko‘tarilib, 10 473,77 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 163,73 so‘mga qimmatladi va 12 835,61 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,63 so‘mga arzonladi va 142,82 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta ham dollar kursi 20 so‘mga qimmatlab, jami 10 463 so‘mni tashkil qilgandi.