Toshkentning Shayxontohur tumanida joylashgan «Malika savdo majmuasi»da sodir bo‘lgan janjalda bir kishi jarohatlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, 8 dekabr kuni soat 13:40 da 21 yoshli S.X. savdo majmuasining asosiy kirish darvozasi oldida 27 yoshli R.M. bilan janjallashib qolgan. Janjal davomida S.X. qo‘lidagi sovuq qurol hisoblangan «pakki» pichog‘i bilan fuqaro R.M.ning bel va o‘ng lunj sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, R.M.ning tanasida «bel sohasi chap yarmi sanchib kesilgan jarohati va o‘ng lunj sohasi kesilgan jarohat"lari mavjudligi, ular og‘irlik darajasi bo‘yicha «o‘rtacha og‘ir» tan jarohatlari hisoblanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.