“Toshkent yoshlar forumi — 2020"da sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov qaysi faktorlarni inobatga olib “Sputnik V” (Rossiya) va Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical (Xitoy) vaksinalarini sinovdan o‘tkazishni boshlagani haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” muxbiri xabar bermoqda.

ssSanab o‘tilgan vaksinalar, ayniqsa Xitoy vaksinasini bugungi kunda uchinchi jarayonda olish boshlandi. Kuzatuv jarayonlari olib borilayapti, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan natijalari e’lon qilinadi. Natijalari ijobiy, hech qanday asoratlari bironta ham bo‘lgani yo‘q. Albatta, yakuniy hulosaga kelinganidan keyin hukumat tomonidan to‘liq, ommaviy emlash yo‘lga qo‘yiladi", — dedi Amrillo Inoyatov.

Klinik sinovlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Xitoy vaksinasi O‘zbekistonga 7-noyabr kuni keltirilgan edi. Vaksinanining sinovlari reja bo‘yicha 5000 ko‘ngilli odamda va faqat Toshkent shahrida o‘tkalishi ko‘zda tutilgan.