18 dekabr, juma kuni respublikaning barcha hududlarida asosan quyoshli ob-havo bo‘ladi. Kunning o‘rtasida havo 5−10 daraja iliqqacha, janubda ba’zi joylarda 13 daraja iliqqacha bo‘ladi. Iliq havo ba’zi joylarda shamolning kuchayishi bilan kuzatiladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Iliq va asosan quyoshli ob-havo O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham saqlanib turadi, tog‘larda harorat 0−5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ammo dam olish kunlari Rossiyaning janubiy hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoni yomonlashishiga olib keladi.

Respublikaning shimolida qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik jumladan shanba kuniga o‘tar kechasi boshlanadi. Barcha joylarda yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Faqat Farg‘ona vodiysida shanba kuni kun davomida havo bulutli, lekin quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, Toshkent, Samaraqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kunning ikkinchi yarmigacha davom etadi va faqat eng chekka janubda va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik bo‘lishi kun davomida saqlanib turadi.

Havo harorati yakshanba kuniga 2 daraja sovuq 3 daraja iliq qiymatlarigacha pasayadi.