Toshkentdagi bozorlarning birida aka-uka o‘rtasida kelib chiqqan nizo pichoqlashuv bilan tugadi. Ushbu hodisa aks etgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga xabar qilishicha, hodisa 16 dekabr kuni soat 16:35larda Chilonzor tumani «Toshkent savdo markazi» (sobiq «Abu Saxiy») kompleksi hududida sodir bo‘lgan.

N.Maxmutov (1995 y. t., sudlangan, ishsiz) o‘zaro kelishmovchilik oqibatida akasi O.Maxmutovni (1991 y. t., sudlangan, ishsiz) o‘ng ko‘krak qo‘ltiq osti sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Oqibatda, O.Maxmutov olgan tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.

16 dekabr kuni tuman IIB tomonidan N.Maxmutovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.