2021 yil 1 yanvardan kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chirog‘ini yoqib yurish tartibi kuchga kiradi.

«Ushbu masala yuzasidan, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining o‘z fikr mulohazalari mavjud bo‘lib, tegishli takliflar tayyorlangan va ushbu yo‘nalishda chora-tadbirlar belgilanmoqda», — deyiladi YHXBB xabarida. Boshqarma belgilanayotgan chora-tadbirlar halq manfaatlariga xizmat qilishiga umid bildirgan.

Qanday chora-tadbirlar taklif etilgani va ular qachon e’lon qilinishi bo‘yicha xabar berilmadi.

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, bir guruh deputatlar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hamda Ichki ishlar vazirligiga ushbu tartibni bekor qilish haqida so‘rov xati kiritilgan.

So‘rov xatida ushbu talabni avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etmaslik so‘ralgan.