20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining final uchrashuvida VAR tizimi qo‘llaniladi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev ma’lum qildi.

O‘zbekiston kubogi finali Namangan shahridagi «Navbahor» markaziy stadionida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, VAR tizimi futbol o‘yinlarida video takrorlar yordamida ba’zi bahsli vaziyatlarda bosh hakamga qaror qabul qilishda ko‘maklashadi.