Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni oziq-ovqat xavfsizligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda, deya xabar berdi «Gazeta.uz» muhbiri.

Yig‘ilishda prezident respublika bo‘yicha bir kunda o‘rtacha 2 ming 142 ta mahalladagi 1 million 435 mingta xonadonda elektrdan uzilishlar kuzatilganligini ma’lum qildi.

Birinchidan, qish mavsumida tarmoqlar va hududlar elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash uchun, sutkasiga 10−12 million kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarishlari zarur.

Eng ko‘p tanqislik Samarqandda sutkasiga — 1,6 million kilovatt-soat, Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryoda — 1,5 mln kilovatt-soatdan, Namanganda — 1,3 mln kilovatt-soatni tashkil etmoqda.

To‘g‘ri, oxirgi 3 yilda mustaqillik yillarida amalga oshirilmagan umumiy quvvati 2 ming 280 megavatt bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on va Taxiatoshda — 2 tadan, Navoiy va Toshkent issiqlik stansiyalarida — 1 tadan yangi energobloklar ishga tushirildi.

«Albatta, 30 yilda aholi soni 2 baravar o‘sganini inobatga olsak, 3 yilda o‘ttiz yillik qoloqlikni bartaraf etib bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi prezident. «To‘g‘ri, oxirgi 3 yilda mustaqillik yillarida amalga oshirilmagan umumiy quvvati 2 ming 280 megavatt bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on va Taxiatoshda — 2 tadan, Navoiy va Toshkent issiqlik stansiyalarida — 1 tadan yangi energobloklar ishga tushirildi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuning uchun, respublika bo‘yicha bir kunda o‘rtacha 2 ming 142 ta mahalladagi 1 million 435 mingta xonadonda elektrdan uzilishlar kuzatilgan.

Ushbu uzilishlarga asosan elektr energiyasiga bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va aholi talabining kundan-kunga oshib borishi, shuningdek taқс́имловчи tarmoqlarning 60 foizi eskirgani sabab bo‘lmoqda.

Qashqadaryo va Farg‘onada — 3 ming kilometrdan, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatida — 2,5 ming kilometrdan, Qoraqalpog‘iston, Namangan va Xorazmda — 2 ming kilometrgacha past kuchlanishli liniyalar foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan.

Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha vazir Jamshid Qo‘chqorov, energetika vaziri Alisher Sultonov, moliya vaziri Timur Ishmetovga viloyatlar rahbarlari bilan birgalikda uch oy ichida past va o‘rta o‘tkazish kuchiga ega tarmoqlarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilishning ikki yillik dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Prezident energetika vaziri Alisher Sultonovga 10 kun ichida «Toshkent», «Sirdaryo» va «Yangi Angren» elektrostansiyalari zaxiralarida bo‘lgan 900 million kilovatt-soat quvvatga ega beshta energiya blokini ishga tushirish orqali qo‘shimcha ravishda 10−15 mln kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga buyruq berdi. Buning uchun 5 mln kubometr gaz kerak bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev vazirdan o‘z hisobotida yoqilg‘ining kerakli hajmlarini qaysi vositalar orqali yetkazib berish rejalashtirilganligi to‘g‘risida javob berishni so‘radi.