«Ziyouz.com» portali asoschisi, jurnalist Davronbek Tojialiyev o‘zining Facebook sahifasi orqali Istanbulga kiritilmay, O‘zbekistonga deportatsiya qilingani haqida post qoldirdi.

Jurnalistning yozishicha, bunga qadar u Turkiyaga 5 marotaba borgan va hech birida bu kabi muammo kuzatilmagan. Turkiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya bo‘limi xodimlari nega taqiq qo‘yilganligini bilmasliklarini, taqiq hukumat tarafidan qo‘yilganini bildirishgan.

Istanbul terminali "Terminal" degan filmni ko‘pchilik maza qilib tomosha qilgan-a? Krokoziya degan davlat tugatilib,…

Opublikovano Davronbek Tojialiyev Ponedelnik, 14 dekabrya 2020 g.

Ma’lumot o‘rnida, Davronbek Tojialiyev o‘z faoliyatini 2001 yili sentyabr oyidan «Ma’rifat» gazetasida muxbir bo‘lib boshlagan. 2011 yili Nyu-York shahrida chop etilgan birinchi o‘zbek gazetasi — «Vatandosh»ning bosh muharriri bo‘lgan. U 2004 yili «Ziyouz.com» portaliga asos solgan. Ayni paytda uning bosh muharriri hisoblanadi.